10-modda. Yozma xabarlarni olish
Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida (O‘RQ-674-son) · Sana: 16.02.2021 · Amalda
Agar taraflar boshqacha shartlashmagan boʻlsa:
1) har qanday yozma xabar, agar u oluvchiga shaxsan topshirilgan yoki uning tijorat tashkiloti odatdagi joylashgan yeri (yashash joyi) yoki pochta manzili boʻyicha yetkazilgan boʻlsa, olingan deb hisoblanadi; agar bularni oqilona surishtirib maʼlumotlar toʻplash yoʻli bilan aniqlash mumkin boʻlmasa, yozma xabar oluvchiga buyurtma xat bilan yoki ushbu xabarni yetkazishga boʻlgan urinishni qayd etishni nazarda tutadigan har qanday boshqa tarzda uning maʼlum boʻlgan oxirgi tijorat korxonasining odatdagi joylashgan yeriga (yashash joyiga) yoki pochta manziliga yuborilgan boʻlsa, yozma xabar olingan deb hisoblanadi;
2) xabar u yetkazib berilgan kunda olingan deb hisoblanadi.
Ushbu moddaning qoidasi sud muhokamasi jarayonidagi xabarlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
