Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (2693-7-son)
13.02.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 13-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2693-7]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/3-son qarori (roʻyxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 27-son, 360-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 11-yanvar,
28/22-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-son qarorigaILOVA
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-bandda:
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar “yigʻimlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn birinchi — oʻn uchinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻninchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Bank ustav kapitali miqdori 100,0 mlrd soʻmdan kam boʻlmasligi kerak.”.
3. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Bankning kredit reytingi oʻzgarishi natijasida dividend stavkalarining oʻzgarishiga olib keluvchi imtiyozli aksiyalar mazkur Nizomning 11 va 12-bandlardagi shartlar bajarilishidan qatʼi nazar, I darajali kapital hisob-kitobiga kiritilmaydi.”.
4. 14-bandning “a” kichik bandidan “, bankning oraliq moliyaviy hisoboti auditorlik tekshiruvidan oʻtgan boʻlsa — tasdiqlangan moliyaviy natijalaridan koʻp boʻlmagan miqdorda, aks holda bank hisobotidagi sof foydaning 50 foizi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
5. 16-bandning ikkinchi xatboshisi “nomoddiy aktivlar” degan soʻzlardan keyin “, bundan bankning dasturiy taʼminotlari mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
6. 17, 20 — 242-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
7. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlar summasi har bir aktiv balans summasini unga tegishli boʻlgan mazkur Nizomning 1 — 6-ilovalarida keltirilgan tavakkalchilik darajasiga koʻpaytirish va tavakkalchilik boʻyicha aniqlangan aktivlar yigʻindisi orqali topiladi.”.
8. Quyidagi mazmundagi 181-band bilan toʻldirilsin:
“181. 2021-yil 1-martga qadar ajratilgan kreditlarni tavakkalchilikka tortishda mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan tavakkalchilik darajalari asosida hisob-kitob qilinadi.
2021-yil 1-martdan boshlab ajratilgan kreditlarni tavakkalchilikka tortishda mazkur Nizomning 3-4-ilovalarida keltirilgan tavakkalchilik darajalari asosida hisob-kitob qilinadi.”.
9. 34 — 36-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Regulyativ kapitalning tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy summasiga nisbati 13 foizdan kam boʻlmasligi kerak. Regulyativ kapitalning monandlik koeffitsiyenti K1 quyidagi tarzda hisoblanadi:
K1 = RK / TAUS.
35. I darajali kapitalning monandlik koeffitsiyenti K2 = I darajali kapital/TAUS sifatida aniqlanadi.
Kapitalning konservatsiya buferi tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi barcha aktivlarning 3,0 foizi sifatli I darajali kapital boʻlishini hisobga olgan holda K2 koeffitsiyenti 0,10 (10,0 foiz) miqdoridan kam boʻlmasligi lozim.
Kapitalning konservatsiya buferi tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning 3,0 foizi miqdoridagi qoʻshimcha zaxiradan iborat. Bunday zaxiradan maqsad banklar tomonidan moliyaviy va iqtisodiy qiyinchilik davrlarida zararlarni qoplash uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan kapital zaxirasining taʼminlanishini kafolatlash hisoblanadi.
36. I darajali asosiy kapitalning monandlik koeffitsiyenti K3 = I darajali asosiy kapital/TAUS sifatida aniqlanib, uning eng kichik darajasi 0,08 (8,0 foiz) miqdoridan kam boʻlmasligi lozim.”.
10. 37-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
11. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1 — 6-ilovalariga muvofiq tahrirda 1 — 6-ilovalar bilan toʻldirilsin.
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga1-ILOVA
“Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga1-ILOVA
Bank aktivlarining bir qismi boʻyicha tavakkalchilik darajalari
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga2-ILOVA
“Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga2-ILOVA
Kontragentlarning reyting baholari asosida tavakkalchilik darajalari*
* Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) 1-ilovasida koʻrsatilgan mezonlardan biriga muvofiq boʻlganda, mazkur talablar qoʻllanilmaydi.
** Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu baho darajasiga teng boʻlgan reyting baholari.”.
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga3-ILOVA
“Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga3-ILOVA
Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ajratilgan kreditlarning tavakkalchilik darajalari*
* Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan mezonlardan biriga muvofiq boʻlsa, mazkur talablar qoʻllanilmaydi.”.
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga4-ILOVA
“Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga4-ILOVA
Jismoniy shaxslarga ajratilgan (ipoteka kreditlaridan tashqari) kreditlarning tavakkalchilik darajalari*
*Agar Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan mezonlardan biriga muvofiq boʻlsa, mazkur talablar qoʻllanilmaydi.”.
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga5-ILOVA
“Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga5-ILOVA
Aholiga ajratilgan ipoteka kreditlarining tavakkalchilik darajalari*
*Agar Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan mezonlardan biriga muvofiq boʻlsa, mazkur talablar qoʻllanilmaydi.
**Aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlari toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 3269, 2020-yil 30-iyun) 6-bobiga muvofiq hisob-kitob qilinadi.”.
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga6-ILOVA
“Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga6-ILOVA
Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga hamda jismoniy shaxslarga (ipoteka kreditlaridan tashqari) ajratilgan kreditlarning tavakkalchilik darajalari*
*Agar Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan mezonlardan biriga muvofiq boʻlsa, mazkur talablar qoʻllanilmaydi.”.
