“Boshqaruv apparati xodimlari soni qisqarishi munosabati bilan boʻshab qoladigan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (1310-1-son)
15.02.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 15-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1310-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2004-yil 20-yanvardagi 20 va 72-son “Boshqaruv apparati xodimlari soni qisqarishi munosabati bilan boʻshab qoladigan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1310, 2004-yil 9-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 6-son, 78-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-yanvar,
5-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-yanvar,
07-2021/k/k-son
