“Aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini taʼminlash va uy-joy kommunal xizmatlar koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (1946-III-son)
30.08.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Ikkinchi oʻqishda qabul qilingan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 5-iyunda kiritilgan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritish haqida”gi QL-369-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 18-iyulda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 134-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-390-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini taʼminlash va uy-joy kommunal xizmatlar koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-avgust,
1946-III-son
