“Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 134-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-390-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (1945-III-son)
30.08.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 18-iyulda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 134-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-390-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-avgust,
1945-III-son
