“Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-701-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (721-IV-son)
27.01.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 14-oktabrda ikkinchi oʻqishda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-701-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqish tartib-taomiliga qaytarilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-yil 14-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-701-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida”gi 506/1-IV-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 10, 611-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-yanvar,
721-IV-son
