Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati uchinchi yalpi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (SQ-44-III-son)
06.08.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati uchinchi yalpi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
2. “Investitsiya va pay fondlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
3. “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida (yangi tahriri).
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
4. “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
5. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
6. “Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida daromad va mol-mulk soliqlari yuzasidan ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisida 1999-yil 7-sentabrdagi Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnomani (Berlin, 2014-yil 14-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2014-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi
10. Oʻzbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
11. Oʻzbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
2015-yil 6-avgust,
SQ-44-III-son
