Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (713-I-son)
05.12.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qarorlari tasdiqlansin:
2009-yil 17-noyabrda qabul qilingan “Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi M.M. Yusupov toʻgʻrisida”gi;
2009-yil 17-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida”gi;
2009-yil 17-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisini vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida”gi;
2009-yil 17-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida”gi.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 5-dekabr,
713-I-son
