“2003-yil 21-fevralda Moskvada imzolangan Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga aʼzo davlatlarning tashqi chegaralarini qoʻriqlashda hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Shartnomaga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida (234-I-son)
26.08.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 15-avgustda qabul qilingan “2003-yil 21-fevralda Moskvada imzolangan Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga aʼzo davlatlarning tashqi chegaralarini qoʻriqlashda hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Shartnomaga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “2003-yil 21-fevralda Moskvada imzolangan Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga aʼzo davlatlarning tashqi chegaralarini qoʻriqlashda hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Shartnomaga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 26-avgust,
234-I-son
