“2002-yil 7-iyunda Sankt-Peterburg shahrida (Rossiya Federatsiyasi) imzolangan Shanxay hamkorlik tashkiloti Xartiyasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnomani (Shanxay, 2006-yil 15-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida (235-I-son)
26.08.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 15-avgustda qabul qilingan “2002-yil 7-iyunda Sankt-Peterburg shahrida (Rossiya Federatsiyasi) imzolangan Shanxay hamkorlik tashkiloti Xartiyasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnomani (Shanxay, 2006-yil 15-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “2002-yil 7-iyunda Sankt-Peterburg shahrida (Rossiya Federatsiyasi) imzolangan Shanxay hamkorlik tashkiloti Xartiyasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnomani (Shanxay, 2006-yil 15-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 26-avgust,
235-I-son
