Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oʻninchi yalpi majlisining Kotibiyati toʻgʻrisida (SQ-338-II-son)
05.12.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oʻninchi yalpi majlisining Kotibiyati quyidagi senatorlardan iborat tarkibda tuzilsin:
Sidikov Damir Lutfullayevich — Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator (Kotibiyat rahbari) Alimova Xalida Raufovna — Jizzax viloyati koʻp tarmoqli bolalar tibbiyot markazi bosh shifokori Radjapov Mavrutali Gapirovich — “GM-Oʻzbekiston” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori oʻrinbosari Raximov Karim Naimovich — Buxoro viloyati Jondor tumani hokimi Qoʻrgʻonova Raximaxon — Fargʻona viloyatidagi Buvayda pedagogika kolleji direktori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2012-yil 5-dekabr,
SQ-338-II-son
