Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati uchinchi yalpi majlisining Kotibiyati toʻgʻrisida (SQ-42-III-son)
06.08.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati uchinchi yalpi majlisining Kotibiyati quyidagi senatorlardan iborat tarkibda tuzilsin:
Matkarimov Paxridin Jurayevich — Namangan muhandislik-pedagogika instituti rektori (Kotibiyat rahbari) Rajabov Sharipboy — Xorazm viloyati Bogʻot tumanidagi “Bogʻot” fermer xoʻjaligi rahbari Tursunov Kobul Beknazarovich — Navoiy viloyati Nurota tumani hokimi Tyan Valeriy Nikolayevich — “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori Xikmatov Xayrulla Xikmatovich — Toshkent shahar Olmazor tumanidagi “Achaobod” mahalla fuqarolar yigʻini raisi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2015-yil 6-avgust,
SQ-42-III-son
