Xalqlar doʻstligi kunini belgilash toʻgʻrisida (O‘RQ-672-son)
10.02.2021
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 27-yanvarda qabul qilingan Senat tomonidan 2021-yil 5-fevralda maʼqullangan
1-modda. 30-iyul Xalqlar doʻstligi kuni etib belgilansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 10-fevral,
OʻRQ-672-son
