Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati sakkizinchi yalpi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (252-I-son)
30.11.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati sakkizinchi yalpi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining raisi toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining oʻn toʻrt yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
3. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
4. “Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik, Uy-joy kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda “Davlat uy-joy siyosatining asoslari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
5. Yangi tahrirdagi “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
6. “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
7. “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
8. “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
9. “Moliya-iqtisodiyot, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish kuchaytirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
10. “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
11. “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
12. “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 71-moddasiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
13. “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
14. “Umumjahon pochta ittifoqi Ustaviga taalluqli Yettinchi qoʻshimcha bayonnomani (Buxarest, 2004-yil 5-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
15. “Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro elektr aloqasi ittifoqining Vakolatli konferensiyasi (Kioto, 1994-yil) va Vakolatli konferensiyasi (Minneapolis, 1998-yil) tomonidan tuzatilgan Ustaviga (Jeneva, 1992-yil) Vakolatli konferensiyasi (Marokash, 2002-yil) tomonidan qabul qilingan Tuzatish hujjatiga qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
16. “Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro elektr aloqasi ittifoqining Vakolatli konferensiyasi (Kioto, 1994-yil) va Vakolatli konferensiyasi (Minneapolis, 1998-yil) tomonidan tuzatilgan Konvensiyasiga (Jeneva, 1992-yil) Vakolatli konferensiyasi (Marokash, 2002-yil) tomonidan qabul qilingan Tuzatish hujjatiga qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
17. “Oʻzbekiston Respublikasining Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnoma tashkiloti aʼzoligiga tiklanishi haqidagi Bayonnomani (Sochi, 2006-yil 16-avgust) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
18. “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralari xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
19. Oʻzbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qilish va nazorat idoralari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri B. Mustafoyevning hisoboti haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
20. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisini saylash toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi
21. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
22. Oʻzbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi vazifasiga tayinlash toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
23. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 30-noyabr,
252-I-son
