Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati sakkizinchi yalpi majlisining Kotibiyati toʻgʻrisida (SQ-287-II-son)
23.03.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati sakkizinchi yalpi majlisining Kotibiyati quyidagi senatorlardan iborat tarkibda tuzilsin:
Donayev Shomurod Xolboyevich — Gʻuzor tumani hokimi (Kotibiyat rahbari) Aimbetov Nagmet Kalliyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi raisi Borisova Elena Mixaylovna — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktorining oʻrinbosari Maxmudov Abdumavlon Ubaydullayevich — Sardoba tumanidagi “Baraka” fermer xoʻjaligi rahbari Nazarov Tura Abdullayevich — Shahrisabz tibbiyot kolleji direktori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2012-yil 23-mart,
SQ-287-II-son
