Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oʻn yettinchi yalpi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (606-I-son)
16.03.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oʻn yettinchi yalpi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini soʻzsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va masʼulligi toʻgʻrisida”gi masalani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi yalpi majlisida koʻrib chiqishga tayyorlash jarayoni haqida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi
2. “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi oʻrtasida oʻzbek-tojik Davlat chegarasi toʻgʻrisidagi Shartnomani (Dushanbe, 2002-yil 5-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 16-mart,
606-I-son
