“Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya oʻrtasida investitsiyalarni liberallashtirish, ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2008-yil 15-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida (637-I-son)
28.03.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 22-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya oʻrtasida investitsiyalarni liberallashtirish, ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2008-yil 15-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya oʻrtasida investitsiyalarni liberallashtirish, ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2008-yil 15-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 28-mart,
637-I-son
