Zarafshon shahri chegarasini tasdiqlash toʻgʻrisida (708-I-son)
04.12.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish, toponomik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Zarafshon shahrining chegarasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2009-yil 20-avgustdagi 1061-I-sonli Qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Zarafshon shahrining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan chegarasi uning ilova qilinayotgan tavsifi va chizma shakliga muvofiq tasdiqlansin (1, 2-ilovalar)*.
* 1, 2-ilovalar berilmaydi
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qarorni bajarishga doir kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlasin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 4-dekabr,
708-I-son
