Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati sakkizinchi yalpi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (SQ-121-III-son)
13.12.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati sakkizinchi yalpi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
2. “Soliq va budjet siyosatining 2017-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
3. 2017-yilda aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
4. “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
5. “Maʼmuriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
6. “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
7. “Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
8. Sh.M. Mirziyoyevni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosarini saylash toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi
11. “Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, shuningdek sanoat xavfsizligi va radiatsiyaviy xavfsizlik sohasidagi qonun hujjatlarining ijrosi toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B. Gulyamovga parlament soʻrovi yakunlari haqida.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
12. “Elektron hukumat” tizimini joriy etishga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X. Mirzaxidovga parlament soʻrovi yuborish haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
13. Oʻzbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
14. Oʻzbekiston Respublikasining Quvayt Davlatidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
2016-yil 13-dekabr,
SQ-121-III-son
