Qorakoʻlchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-4984-son)
09.02.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Bugungi kunda mamlakatimizda qorakoʻlchilik tarmogʻi korxonalarini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish quvvatlarini texnik va texnologik jihatdan yangilash, oʻzbek qorakoʻli brendini yaratish va dunyo miqyosida targʻib qilish, sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, mayda shoxli nasldor mollarni koʻpaytirish, shuningdek, ularni soʻyish, teri va junini qayta ishlash, goʻsht-sut mahsulotlari, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish, tarmoqqa rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, suv bilan taʼminlanmagan yaylovlarda yangi suv inshootlarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish borasida bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.
Shuningdek, mavjud yaylovlar hosildorligini oshirish, urugʻchilik maydonlarini kengaytirish, naslchilik ishlarini yanada takomillashtirish, sohada eksportbop qorakoʻl va qorakoʻlcha teri yetishtirish ahvoli bugungi kun talabiga javob bermaydi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, qorakoʻlchilik tarmogʻini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, yaylovlardan samarali foydalanish va yaylovlardan foydalanishda soliq imtiyozlarini qoʻllash, urugʻchilik ishini yoʻlga quyish, naslchilik ishlarini takomillashtirishda subsidiya berish tartibini qoʻllash hamda sohaning ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlash maqsadida:
2. Moliya vazirligi qorakoʻlchilik sohasini yanada rivojlantirish maqsadida Moliya vazirligining vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlari (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari, budjetni qoʻllab-quvvatlash uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kreditlari, suveren xalqaro obligatsiyalarni chiqarish va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar) hisobidan 2021-yilda 15-fevralga qadar 100 milliard soʻm, 1-mayga qadar 50 milliard soʻm va 1-avgustga qadar 50 milliard soʻm mablagʻlarni tijorat banklariga Markaziy bank asosiy stavkasida ajratsin.
Tijorat banklari mazkur bandga asosan ajratiladigan mablagʻlarni “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) aʼzolariga 5 yil muddatgacha, shu jumladan uch yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasiga 4 foizlik bank marjasini qoʻshish orqali hisoblanadigan stavka boʻyicha kredit sifatida quyidagi maqsadlarga taqdim etilishini taʼminlasin:
naslchilik qorakoʻlchilik xoʻjaliklaridan qoʻylar xarid qilish;
qorakoʻlchilik sohasida eksportbop qorakoʻl va qorakoʻlcha terini qayta ishlash hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish;
qorakoʻlchilik va kavrak yetishtirish bilan shugʻullanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ozuqa sexlari (granulyator)ni tashkil etilishini hamda qishloq xoʻjaligi texnikalari va agregatlari, resurs tejovchi uskunalar va zamonaviy texnologiyalar xarid qilinishini moliyalashtirish;
kavrak oʻsimligi koʻchati va urugʻini sotib olish;
xom ashyo, materiallar va furnituralar sotib olish;
suv chiqarish inshootlarini barpo etish hamda mavjudlarini taʼmirlash va modernizatsiya qilish.
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi tijorat banklari bilan birgalikda ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli yoʻnaltirilishini tashkil qilsin va har chorak yakuni boʻyicha mablagʻlarning sarflanishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi hamda Moliya vazirligiga hisobot kiritilishini taʼminlasin.
Ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan nazorat qilinadi.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
2022-yil 1-yanvarga qadar qorakoʻlchilikni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish doirasida xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va transport vositalari bojxona bojidan ozod qilinadi;
4. Qoʻmita Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda 2021-yil 20-martga qadar Uyushmaga aʼzo boʻlgan xoʻjaliklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali qoʻy, uning goʻshti va ichki organlari, oshlangan yoki qayta ishlangan qorakoʻl terisining olib chiqilishini monitoring qilish va tegishli davlat organlari bilan maʼlumot almashish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi “Oʻzstandart” agentligi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda eksportga yoʻnaltirilgan tirik qoʻy va ulardan olingan goʻsht mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarishda xalqaro standartlar va talablar asosida tegishli hujjatlarni sifatli tayyorlash, import qiluvchi mamlakatlar talablarini eksport qiluvchi korxonalarga yetkazishni taʼminlasin hamda eksport qilishda ularga har tomonlama koʻmaklashsin.
6. Qoʻmita, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Uyushmaning:
ilm-fan va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini taʼminlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasida Markazlashgan ilmiy-naslchilik tajriba laboratoriyasi (keyingi oʻrinlarda — naslchilik laboratoriyasi)ni tashkil etish;
naslchilik laboratoriyasini Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutining boʻsh turgan Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 47-uy manzilidagi binosiga ijara toʻlovining “nol” stavkasi asosida joylashtirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Naslchilik laboratoriyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
sohada mahalliy va xorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida tabiiy serpushtlikka, yuqori hayotchanlik va moslashish xususiyatiga ega boʻlgan qoʻsh mahsuldor yangi qoʻy zotlarini yaratishning laborator tajribalarini olib borish;
nasldor qorakoʻl qoʻylarining sifat koʻrsatkichlari (qoʻy vazni, sanoatbop jun, qorakoʻl terisi sathi va gul tipi)ni yaxshilash boʻyicha tajribalar oʻtkazish va tavsiyalar ishlab chiqish;
ilmiy-naslchilik tajriba stansiyalarida yuqori nasldor elita sinfiga mansub naslli qoʻylar otarlarini ilmiy asosda tashkil etish va sunʼiy urugʻlantirish ishlarini tizimli yoʻlga qoʻyish.
7. Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Qoʻmitaning buyurtmalariga asosan yaylovlarda yer osti suv manbalarini aniqlash va xulosa berish bepul amalga oshirilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
10. Qoʻmita ikki oy muddatda:
xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoʻy va echkining, shuningdek, qorakoʻl zotli qoʻylarning har bir embrioniga Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiya taqdim etish tartibini;
boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul hamda shaxsiy javobgar etib Qoʻmita raisi B.Q. Sharipov belgilansin.
Qarorning ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga har yarim yil yakuni boʻyicha axborot kiritib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 9-fevral,
PQ-4984-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PQ-4984-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2841-son qarorida:
7-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirdagi ikkinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“mayda shoxli mollar, shu jumladan qorakoʻl qoʻylarining naslini qayta tiklash, yuqori mahsuldor zot tiplarini yaratish va joriy etish boʻyicha qorakoʻlchilik subyektlari hamda tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish, respublikada qorakoʻl qoʻylarning elita genofondining saqlab qolinishi ustidan monitoringni olib borish;
tabiiy yaylovlarning holatini yaxshilash, qurgʻoqchilikka va issiqqa chidamli yaylov ozuqabop oʻsimliklar navlarini yaratish, yaylovlarni degradatsiyadan chiqarishda ilgʻor texnologiyalarini joriy etish hamda investitsiyalarni jalb etishga koʻmaklashish;
qorakoʻlchilik klasterlariga ilmiy va innovatsion yondashuvlarni qoʻllagan holda mayda shoxli mollar, shu jumladan qorakoʻl qoʻylarini koʻpaytirish, klaster ishtirokchilari oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyish, xom ashyoni chuqur qayta ishlash va mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirish, yaylovlardan samarali foydalanish, ularning holati yomonlashib ketishining oldini olish boʻyicha yuklatilgan majburiyatlar ijrosini monitoring qilish va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
ichki va tarmoqlararo, jumladan, mayda shoxli mollar, tuya, yilqi va yirik shoxli mollarni yetishtirishga hamda ulardan olinadigan xom ashyolarni chuqur qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan korxonalar, shuningdek, qorakoʻlchilik xoʻjaliklari hamda tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida kooperatsiyani rivojlantirish;
sohaga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish orqali samarali va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga koʻmaklashish;
jahon bozoridagi talab va taklifni inobatga olgan holda mayda shoxli mollar, tuya, yilqi va yirik shoxli mollardan olinadigan xom ashyolarni chuqur qayta ishlash va eksport uchun tayyor mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha marketing tadqiqotlarini amalga oshirish;
malakali kadrlar tayyorlash va sohaning ilmiy salohiyatini oshirish, shuningdek, ishlab chiqarish, taʼlim va fanning oʻzaro integratsiyasi uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish;
Uyushma aʼzolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jumladan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro munosabatlarda, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlar oʻtkazish jarayonida, shuningdek, sudlarda ishlarni koʻrishda himoya qilish”;
b) 9-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasi raisi va uning oʻrinbosarlari Uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishi qaroriga muvofiq saylanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi. “Qorakoʻl” hududiy uyushmalarining rahbarlari respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasi boshqaruv raisining qaroriga binoan tasdiqlanadi;”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4254-son qarori 3-bandining oltinchi xatboshisidan “Qorakoʻlchilik” Respublika uyushmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi “Pillachilik tarmogʻida chuqur qayta ishlashni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4411-son qaroriga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pillachilik klasterlarini tashkil etadigan “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar ROʻYXATI
T/r Pillani qayta ishlash korxonalari nomi Biriktirilgan hududlar nomi Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. “Jayhun Silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat Amudaryo Qonlikoʻl Nukus Xoʻjayli Shumanay Taxiatosh Kegeyli Chimboy 2. “Bustan silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat Ellikqalʼa 3. “Biy Bazar Silk Carpets” masʼuliyati cheklangan jamiyat Toʻrtkoʻl 4. “KKR IPAK CLUSTER” masʼuliyati cheklangan jamiyat Beruniy Andijon viloyati 5. “Andijan silk co” masʼuliyati cheklangan jamiyati qoʻshma korxonasi Paxtaobod Izboskan Andijon Marhamat 6. “Asaka ipagi” masʼuliyati cheklangan jamiyat Asaka 7. “Oltinkoʼl zar ipagi “ masʼuliyati cheklangan jamiyat Oltinkoʻl 8. “Andijon-xanoy ipagi” masʼuliyati cheklangan jamiyat Baliqchi Boʻz Ulugʻnor 9. “Xarir tola” masʼuliyati cheklangan jamiyat Jalaquduq Qoʻrgʻontepa Buloqboshi 10. “Sapfir sanoat” masʼuliyati cheklangan jamiyat Xoʻjaobod Shahrixon Buxoro viloyati 11. “Bukhara brilliant silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat Peshku Shofirkon 12. “Romstar” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Oʻzbekiston-Amerika-Rossiya qoʻshma korxonasi Romitan Jondor 13. “Kumushkent ipagi” masʼuliyati cheklangan jamiyat Vobkent Kogon 14. “Silk Service” masʼuliyati cheklangan jamiyat Buxoro 15. “Olot ipak tolasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat Olot 16. “Qorakoʼl ipak cluster” masʼuliyati cheklangan jamiyat Qorakoʻl 17. “Gʼijduvon ipag tola” masʼuliyati cheklangan jamiyat Gʻijduvon Jizzax viloyati 18. “Silk expert processing” masʼuliyati cheklangan jamiyat Forish Doʻstlik Zafarobod Paxtakor 19. “Al Abbos silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat Arnasoy Mirzachoʻl 20. “Zomin asl ipak tolasi” xususiy korxonasi Baxmal Zomin Zarbdor Sh. Rashidov Yangiobod 21. “Gʼallaorol silk eksport” masʼuliyati cheklangan jamiyat Gʻallaorol Qashqadaryo viloyati 22. “Radiant silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat Gʻuzor Dehqonobod Qamashi Qarshi Mirishkor Muborak Nishon 23. “Shakhrisabz silk production” masʼuliyati cheklangan jamiyat Kitob Shahrisabz 24. “Yakkabogʼ silk production” masʼuliyati cheklangan jamiyat Yakkabogʻ 25. “Chiroqchi-tolasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat Chiroqchi 26. “Koson silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat Koson 27. “Kasbi silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat Kasbi Navoiy viloyati 28. “Al-aziz ipagi” masʼuliyati cheklangan jamiyat Konimex Navbahor 29. “Xatirchi pilla xazinasi” xususiy korxonasi Xatirchi 30. “Ipak qurti urugʻi” masʼuliyati cheklangan jamiyat Karmana 31. “Qiziltepa Pillachilik” masʼuliyati cheklangan jamiyat Qiziltepa 32. “Navoiy silk production 2020” masʼuliyati cheklangan jamiyat Nurota Namangan viloyati 33. “Verigrow ipagi” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxona Mingbuloq Chust Kosonsoy 34. “Golden silk” shuʼba korxonasi Namangan 35. “Fabrictex” masʼuliyati cheklangan jamiyat Norin Uchqoʻrgʻon 36. “Marjon tola fayz” masʼuliyati cheklangan jamiyat Uychi 37. “Zilol silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat Toʻraqoʻrgʻon 38. “Sof ipak invest” masʼuliyati cheklangan jamiyat Chortoq Pop 39. “Silkrow” masʼuliyati cheklangan jamiyat Yangiqoʻrgʻon Samarqand viloyati 40. “Kumush tola” xususiy korxonasi Kattaqoʻrgʻon 41. “Samarkand silk ao” masʼuliyati cheklangan jamiyat Narpay 42. “Elbek t.r.j” masʼuliyati cheklangan jamiyat Pastdargʻom Samarqand Nurobod 43. “Oqdaryo ipagi” masʼuliyati cheklangan jamiyat Oqdaryo 44. “Ziyovuddin silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat Paxtachi 45. “Jomboy silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat Jomboy Qoʻshrabot 46. “Zar oltin pilla” masʼuliyati cheklangan jamiyat Bulungʻur 47. “Tayloq ipagi” masʼuliyati cheklangan jamiyat Tayloq 48. “Payariq ipagi” masʼuliyati cheklangan jamiyat Payariq 49. “Urgut Silk Fiber Company” masʼuliyati cheklangan jamiyat Urgut 50. “Ishtixon silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat Ishtixon Sirdaryo viloyati 51. “Agro global” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qoʻshma korxona Oqoltin Boyovut Sayxunobod Guliston Sardoba Sirdaryo Mirzaobod Xovos Surxondaryo viloyati 52. “Surxon ipagi” masʼuliyati cheklangan jamiyat Angor Boysun Qiziriq Muzrabot Sherobod Bandixon 53. “Inter silk pro” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korxonasi Termiz Oltinsoy Shoʻrchi 54. “Sino silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat Denov Uzun Sariosiyo 55. “Silk village” masʼuliyati cheklangan jamiyat Jarqoʻrgʻon 56. “Silk town” masʼuliyati cheklangan jamiyat Qumqoʻrgʻon Toshkent viloyati 57. “Ravnaq-silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qoʻshma korxonasi Bekobod 58. “Turan silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat Oqqoʻrgʻon 59. “Tashkent Silk Pro” masʼuliyati cheklangan jamiyat Boʻka 60. “Bio Farm Elit” masʼuliyati cheklangan jamiyat Yangiyoʻl 61. “Jinjuz silk co” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxona Ohangaron Piskent 62. “Oltin pilla 2020” masʼuliyati cheklangan jamiyat Chinoz Oʻrtachirchiq Yuqorichirchiq 63. “Javoxir Silver Silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat Boʻstonliq Qibray 64. “TCT Agrocluster” masʼuliyati cheklangan jamiyat Quyichirchiq Fargʻona viloyati 65. “Nurli tong silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat Oʻzbekiston Qoʻshtepa Furqat Quvasoy sh. Rishton 66. “Beshariq ipagi” masʼuliyati cheklangan jamiyat Beshariq 67. “Dangʼara ipagi” masʼuliyati cheklangan jamiyat Dangʻara 68. “Silk World Business” masʼuliyati cheklangan jamiyat Bagʻdod 69. “Kapital investkom” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoshidagi “Vodil ipak yigiruv” shuʼba korxonasi Oltiariq Fargʻona Fargʻona sh. Quva Buvayda 70. “Toshloq silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat Toshloq Yozyovon 71. “Vodiy marjoni” xususiy korxonasi Soʻx 72. “Uchkoʼprik ipagi” masʼuliyati cheklangan jamiyat Uchkoʻprik Xorazm viloyati 73. “Khiva silk fabric” masʼuliyati cheklangan jamiyat Gurlan Qoʻshkoʻpir Xiva Yangibozor 74. “Xorazm pilla xolding” masʼuliyati cheklangan jamiyat Urganch Xonqa Yangiariq Hazorasp Tuproqqalʼa 75. “Bogʼot Silk Co” masʼuliyati cheklangan jamiyat Bogʻot 76. “Shovot pilla” masʼuliyati cheklangan jamiyat Shovot
Izoh: Mazkur roʻyxatga, zarurat boʻlganda, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi “Respublikada qoʻlda toʻqilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4759-son qarorining 3-bandidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4817-son qarorida:
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-banddagi “Qoʻmita hududiy boshqarmalari” va “Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 5-bandning uchinchi xatboshisidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 3-ilovaning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish boshqarmalarining NAMUNAVIY TUZILMASI”.
