“Sud qarorlarini qayta koʻrish institutining takomillashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-711-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (“Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarga doir sud qarorlarini qayta koʻrishning protsessual tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”) (636-IV-son)
11.12.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarga doir sud qarorlarini qayta koʻrishning protsessual tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-711-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Sud qarorlarini qayta koʻrish institutining takomillashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 11-dekabr,
636-IV-son
