“Oʻzbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi oʻrtasida oʻzbek-tojik Davlat chegarasi toʻgʻrisidagi Shartnomani (Dushanbe, 2002-yil 5-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida (608-I-son)
16.03.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 11-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi oʻrtasida oʻzbek-tojik Davlat chegarasi toʻgʻrisidagi Shartnomani (Dushanbe, 2002-yil 5-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi oʻrtasida oʻzbek-tojik Davlat chegarasi toʻgʻrisidagi Shartnomani (Dushanbe, 2002-yil 5-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 16-mart,
608-I-son
