Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oʻn toʻqqizinchi yalpi majlisining Kotibiyati toʻgʻrisida (659-I-son)
28.08.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oʻn toʻqqizinchi yalpi majlisining Kotibiyati quyidagi senatorlardan iborat tarkibda tuzilsin:
Normurodov Muradulla Togʻayevich — Qarshi davlat universiteti rektori (Kotibiyat rahbari) Joʻrayev Sulton Dehqonboyevich — Ulugʻnor tumanidagi “Ishonch” fermer xoʻjaligi rahbari Gerasimova Svetlana Ivanovna — Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 50-sonli maktab direktori Ibragimov Xayrulla Fayzulayevich — Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator Isroilov Mamarahim — Guliston davlat universiteti qoshidagi Yangiyer akademik litseyi direktori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 28-avgust,
659-I-son
