Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yettinchi yalpi majlisining Elektron ovoz berish tizimi ishini nazorat qiluvchi guruh toʻgʻrisida (SQ-107-III-son)
12.10.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisida elektron ovoz berish tizimidan foydalanish bilan bogʻliq masalalarni hal etish hamda uning ishi nazorat qilinishini taʼminlash uchun quyidagi senatorlardan iborat tarkibda guruh tuzilsin:
Matkarimov Paxridin Jurayevich — Namangan muhandislik-pedagogika instituti rektori (guruh rahbari) Varisova Maksuda Azizovna — Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “Nazarbek” qishloq vrachlik punkti mudiri Xojaniyazov Gayratdin — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimining Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti arxeologiya boʻlimi mudiri
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2016-yil 12-oktabr,
SQ-107-III-son
