Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oʻn toʻrtinchi yalpi majlisining Kotibiyati toʻgʻrisida (495-I-son)
27.06.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oʻn toʻrtinchi yalpi majlisining Kotibiyati quyidagi senatorlardan iborat tarkibda tuzilsin:
Xoʻjamberdiyev Mamazoir — Andijon davlat tibbiyot instituti rektori (Kotibiyat rahbari) Avezov Shavkat Sultanovich — Xorazm viloyat bolalar shifoxonasi bosh shifokori Abdurahimova Farida Yuldashevna — Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari, shahar xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Nazarov Imomali Turdaliyevich — Oʻzbekiston tumanidagi “Umid” fermer xoʻjaligi rahbari Otaboyev Ilxom Lafasovich — Paxtakor xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji direktori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 27-iyun,
495-I-son
