“Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida (440-II-son)
12.12.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati (Oʻ. Sultonov) oʻz qarorlarini “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2002-yil 12-dekabr,
440-II-son
