“Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar hukumatlari oʻrtasida qurollar, oʻq-dorilar va portlovchi moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Dushanbe, 2008-yil 28-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida (678-I-son)
29.08.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 20-avgustda qabul qilingan “Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar hukumatlari oʻrtasida qurollar, oʻq-dorilar va portlovchi moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Dushanbe, 2008-yil 28-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar hukumatlari oʻrtasida qurollar, oʻq-dorilar va portlovchi moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Dushanbe, 2008-yil 28-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 29-avgust,
678-I-son
