11-modda. Axborotni muhofaza etish
Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida (439-II-son) · Sana: 12.12.2002 · Amalda
Har qanday axborot, agar u bilan qonunga xilof ravishda muomalada boʻlish axborot mulkdori, egasi, axborotdan foydalanuvchi va boshqa shaxsga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa, muhofaza etilmogʻi kerak.
Axborotni muhofaza etish:
shaxs, jamiyat va davlatning axborot sohasidagi xavfsizligiga tahdidlarning oldini olish;
axborotning maxfiyligini taʼminlash, tarqalishi, oʻgʻirlanishi, yoʻqotilishining oldini olish;
axborotning buzib talqin etilishi va soxtalashtirilishining oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.
