Oʻzbekiston yengil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat uyushmasi (“Oʻzbekyengilsanoat”) boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish hamda uning korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (558-son)
28.11.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yengil sanoatni boshqarishning tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish, tarmoqda bozor munosabatlarini keng joriy etish, mulkchilikning jamoa shakllarini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston yengil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat uyushmasi (“Oʻzbekyengilsanoat”) Kengashi va “Oʻzbektoʻqimachi”, “Oʻzbekkiyim”, “Oʻzbekpoyabzal” va “Oʻzbekchinni” konsernlari Kengashlarining takliflarini eʼtiborga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekyengilsanoat” tarkibiga kiruvchi “Oʻzbektoʻqimachi”, “Oʻzbekkiyim”, “Oʻzbekpoyabzal” va “Oʻzbekchinni” konsernlari tugatilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining;
“Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish “Oʻzbektoʻqimachi” Oʻzbekiston davlat konsernini tashkil etish toʻgʻrisida” 1991-yil 17-maydagi 135-son;
“Charm-poyabzal sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish “Oʻzbekpoyabzal” Oʻzbekiston davlat konsernini tashkil etish toʻgʻrisida” 1991-yil 17-maydagi 136-son;
“Chinni buyumlar ishlab chiqarish “Oʻzbekchinni” Oʻzbekiston davlat konsernini tashkil etish toʻgʻrisida” 1991-yil 17-maydagi 137-son;
“Tikuvchilik va trikotaj buyumlar ishlab chiqarish “Oʻzbekkiyim” Oʻzbekiston davlat konsernini tashkil etish toʻgʻrisida” 1991-yil 17-maydagi 138-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.N. Voznenko va B.S. Hamidov oʻrtoqlar zimmasiga yuklatilsin. Mazkur qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil yanvar oyida, keyinchalik esa yilning har choragida bir marta koʻrib chiqilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 28-noyabr,
558-son
