“Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 477-moddasiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida (SQ-297-II-son)
23.03.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 15-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 477-moddasiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 477-moddasiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2012-yil 23-mart,
SQ-297-II-son
