“Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiyot xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida (227-I-son)
26.08.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 20-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiyot xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiyot xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 26-avgust,
227-I-son
