“Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Tamakiga qarshi kurashish boʻyicha Hadli konvensiyasiga (Jeneva, 2003-yil 21-may) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida (SQ-299-II-son)
23.03.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 6-martda qabul qilingan “Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Tamakiga qarshi kurashish boʻyicha Hadli konvensiyasiga (Jeneva, 2003-yil 21-may) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Tamakiga qarshi kurashish boʻyicha Hadli konvensiyasiga (Jeneva, 2003-yil 21-may) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2012-yil 23-mart,
SQ-299-II-son
