“Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida olib borilayotgan huquqiy taʼlim va tarbiya ishlari samaradorligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi U. Begimqulovning javobi haqida (583-IV-son)
19.11.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida olib borilayotgan huquqiy taʼlim va tarbiya ishlari samaradorligi toʻgʻrisida”gi parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi U. Begimqulov tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 19-noyabr,
583-IV-son
