“Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida daromad va mol-mulk soliqlari yuzasidan ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisida 1999-yil 7-sentabrdagi Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnomani (Berlin, 2014-yil 14-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida (SQ-50-III-son)
07.08.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 15-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida daromad va mol-mulk soliqlari yuzasidan ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisida 1999-yil 7-sentabrdagi Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnomani (Berlin, 2014-yil 14-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida daromad va mol-mulk soliqlari yuzasidan ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisida 1999-yil 7-sentabrdagi Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnomani (Berlin, 2014-yil 14-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2015-yil 7-avgust,
SQ-50-III-son
