Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati birinchi majlisining muvaqqat kotibiyati toʻgʻrisida (SQ-1-III-son)
22.01.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi ishini tashkil etish uchun quyidagi tarkibda muvaqqat kotibiyat tuzilsin:
Bababekov Abdusattar Raxmanovich — Jizzax viloyati Doʻstlik tumani hokimi Berdiyeva Zaynab Fayzillayevna — Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanidagi 20-umumtaʼlim maktabi direktori Karatayev Ikram Tashpulatovich — Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi “Qoratoy Mirzayev” fermer xoʻjaligi rahbari, Sayxunobod tuman Fermerlar kengashi raisi Ortikov Baxtiyar Begimkulovich — Surxondaryo viloyati Angor tumani hokimi Pirmatov Rashid Xusanovich — “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati muhandislik markazi rahbari — bosh muhandis oʻrinbosari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining majlisida raislik qiluvchi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi M. ABDUSALOMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 22-yanvar,
SQ-1-III-son
