Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yettinchi yalpi majlisining Kotibiyati toʻgʻrisida (212-I-son)
25.08.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yettinchi yalpi majlisining Kotibiyati quyidagi tarkibda tuzilsin:
Allaqulov Panji Egamberdiyevich — Muborak tumani hokimi (Kotibiyat rahbari) Adilov Agitay — Taxtakoʻpir tumanidagi “Taxtakoʻpir” shirkat xoʻjaligi raisi Artukbayeva Xaytxan — Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo boʻlimining masʼul kotibi Ibragimov Xayrulla Fayzullayevich — Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator Gerasimova Svetlana Ivanovna — Toshkent shahridagi 50-maktab direktori
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 25-avgust,
212-I-son
