Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yettinchi yalpi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (213-I-son)
25.08.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yettinchi yalpi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining raisi toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi
2. “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
3. “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
4. “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
5. “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
6. “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
7. “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
8. “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
9. “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
10. “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
11. “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
12. “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga va “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
13. “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga qoʻshimcha kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
14. “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiyot xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
15. “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
16. “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
17. “Ozon qatlamini buzuvchi moddalarga doir Monreal protokoliga kiritilgan tuzatishni (Monreal, 1997-yil 17-sentabr) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
18. “Ozon qatlamini buzuvchi moddalarga doir Monreal protokoliga kiritilgan tuzatishni (Pekin, 1999-yil 3-dekabr) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
19. “2001-yil 31-mayda Minskda imzolangan Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatining imtiyozlari va immunitetlari toʻgʻrisidagi Konvensiyaga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
20. “1999-yil 26-fevralda Moskvada imzolangan Bojxona ittifoqi va Yagona iqtisodiy hudud toʻgʻrisidagi Shartnomaga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
21. “2003-yil 21-fevralda Moskvada imzolangan Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga aʼzo davlatlarning tashqi chegaralarini qoʻriqlashda hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Shartnomaga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
22. “2002-yil 7-iyunda Sankt-Peterburg shahrida (Rossiya Federatsiyasi) imzolangan Shanxay hamkorlik tashkiloti Xartiyasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnomani (Shanxay, 2006-yil 15-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
23. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida.
25. Oʻzbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 25-avgust,
213-I-son
