Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (SQ-73-III-son)
04.12.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining:
2015-yil 15-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida qonun loyihasi koʻrib chiqilayotganda qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti vakillarining ishtirok etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Qonun loyihasi tayyorlanayotganda xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlari qoidalarining qiyosiy tahlilini oʻtkazish uslubiyotini tasdiqlash haqida”gi;
2015-yil 6-noyabrda qabul qilingan “Namangan viloyatining Namangan shahri va Namangan, Uychi, Toʻraqoʻrgʻon, Yangiqoʻrgʻon, Kosonsoy va Chortoq tumanlarining chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi;
2015-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida”gi;
2015-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida”gi;
2015-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining tarkibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qarorlari tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2015-yil 4-dekabr,
SQ-73-III-son
