Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati uchinchi yalpi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (81-II-son)
28.08.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati uchinchi yalpi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilinganligining oʻn toʻqqiz yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
2. “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilinganligining oʻn toʻqqiz yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarorini qoʻllanish tartibi haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
3. “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
4. “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
5. “Sudlar, prokurorlar, tergovchilar va surishtiruv organlarining xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan oʻzaro hamkorligi tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
6. “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
7. “Monopoliyaga qarshi davlat organi qayta tashkil etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
8. “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1781-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
9. “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
10. “Pirotexnika buyumlari muomalasi tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
11. “Davlat soliq xizmati organlari tizimi yanada modernizatsiya qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
12. “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga va “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
13. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
14. “Baholash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
15. Toshkent viloyatining Zangiota va Toshkent tumanlarini birlashtirish hamda Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray tumanlari va Toshkent shahrining Hamza tumani hududlarini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
16. Fargʻona viloyati Oxunboboyev tumanining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
17. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
18. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi
19. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorini tasdiqlash toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-avgust,
81-II-son
