“Oʻzbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida ushlab berish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Abu Dabi, 2014-yil 11-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida (SQ-29-III-son)
15.05.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 15-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida ushlab berish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Abu Dabi, 2014-yil 11-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida ushlab berish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Abu Dabi, 2014-yil 11-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2015-yil 15-may,
SQ-29-III-son
