“Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga temir yoʻlda tashish xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida (216-II-son)
26.08.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 27-iyulda qabul qilingan “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga temir yoʻlda tashish xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga temir yoʻlda tashish xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2011-yil 26-avgust,
216-II-son
