“Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro elektr aloqasi ittifoqining Vakolatli konferensiyasi (Kioto, 1994-yil) va Vakolatli konferensiyasi (Minneapolis, 1998-yil) tomonidan tuzatilgan Ustaviga (Jeneva, 1992-yil) Vakolatli konferensiyasi (Marokash, 2002-yil) tomonidan qabul qilingan Tuzatish hujjatiga qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida (271-I-son)
01.12.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 12-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro elektr aloqasi ittifoqining Vakolatli konferensiyasi (Kioto, 1994-yil) va Vakolatli konferensiyasi (Minneapolis, 1998-yil) tomonidan tuzatilgan Ustaviga (Jeneva, 1992-yil) Vakolatli konferensiyasi (Marokash, 2002-yil) tomonidan qabul qilingan Tuzatish hujjatiga qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro elektr aloqasi ittifoqining Vakolatli konferensiyasi (Kioto, 1994-yil) va Vakolatli konferensiyasi (Minneapolis, 1998-yil) tomonidan tuzatilgan Ustaviga (Jeneva, 1992-yil) Vakolatli konferensiyasi (Marokash, 2002-yil) tomonidan qabul qilingan Tuzatish hujjatiga qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 1-dekabr,
271-I-son
