Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oʻn uchinchi yalpi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (448-I-son)
27.03.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oʻn uchinchi yalpi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
2. “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
3. “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
4. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga qoʻshimcha kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
5. “Jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etish tartibini takomillashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
6. “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 2382-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
7. “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
8. “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
9. “Voyaga yetmagan shaxslarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
10. “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
11. “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 389-moddasiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
12. “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 58-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
13. “Bojxona imtiyozlarining qoʻllanilish tartibini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
14. “Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 109-moddasiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
15. “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
16. “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi konvensiyani (Jeneva, 1973-yil 26-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
17. “Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi konvensiyani (Jeneva, 1999-yil 17-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
18. “Oʻzbekiston Respublikasining Yadroviy terrorizm aktlariga qarshi kurash toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyaga (Nyu-York, 2005-yil 13-aprel) qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
19. “Oʻzbekiston Respublikasining Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnomaga (Toshkent, 1992-yil 15-may) qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
20. “Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 15-maydagi Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnomani uzaytirish haqidagi Bayonnomaga (Moskva, 1999-yil 2-aprel) qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
21. “Oʻzbekiston Respublikasining Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnoma tashkilotining Ustaviga (Kishinyov, 2002-yil 7-oktabr) qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
22. “Oʻzbekiston Respublikasining Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnoma tashkilotining huquqiy maqomi haqidagi Bitimga (Kishinyov, 2002-yil 7-oktabr) qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
23. “Oʻzbekiston Respublikasining Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnoma tashkiloti doirasida maxfiy axborotning saqlanishini oʻzaro taʼminlash haqidagi Bitimga (Ostona, 2004-yil 18-iyun) qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
24. “Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 15-maydagi Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnomaning ishtirokchi davlatlari oʻrtasidagi harbiy-texnikaviy hamkorlikning asosiy prinsiplari haqidagi Bitimga (Moskva, 2000-yil 20-iyun) hamda 1992-yil 15-maydagi Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnomaning ishtirokchi davlatlari oʻrtasidagi harbiy-texnikaviy hamkorlikning asosiy prinsiplari haqidagi Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnomaga (ish tartibida imzolangan, 2003-yil 19-sentabr) qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
25. “Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 15-maydagi Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnomaning ishtirokchi davlatlari oʻrtasidagi harbiy-texnikaviy hamkorlikning asosiy prinsiplari haqidagi Bitim doirasida yetkazib beriladigan, harbiy soha uchun moʻljallangan mahsulotlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida 2002-yil 7-oktabrda Kishinyov shahrida imzolangan Bayonnomaga hamda 1992-yil 15-maydagi Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnomaning ishtirokchi davlatlari oʻrtasidagi harbiy-texnikaviy hamkorlikning asosiy prinsiplari haqidagi Bitim doirasida yetkazib beriladigan, harbiy soha uchun moʻljallangan mahsulotlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Bayonnomaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida 2004-yil 22-noyabrda Moskva shahrida imzolangan Bayonnomaga qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
26. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2007-yildagi faoliyati toʻgʻrisida.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2007-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2007-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2007-yildagi faoliyati toʻgʻrisida.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida.
32. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 27-mart,
448-I-son
