“Oʻzbekiston Respublikasi bilan Oʻmon Sultonligi oʻrtasida hamkorlik va munosabatlar asoslari toʻgʻrisidagi Bitimni (Masqat, 2009-yil 5-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida (52-II-son)
07.05.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 22-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Oʻmon Sultonligi oʻrtasida hamkorlik va munosabatlar asoslari toʻgʻrisidagi Bitimni (Masqat, 2009-yil 5-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Oʻmon Sultonligi oʻrtasida hamkorlik va munosabatlar asoslari toʻgʻrisidagi Bitimni (Masqat, 2009-yil 5-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 7-may,
52-II-son
