Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oʻn birinchi yalpi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (SQ-363-II-son)
28.03.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oʻn birinchi yalpi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
2. “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
3. “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
4. “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
5. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
6. “Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashda hamkorlik qilishi toʻgʻrisidagi Bitimga (Moskva, 1998-yil 6-mart) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
7. “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasida fuqarolik va xoʻjalik ishlari boʻyicha huquqiy yordam toʻgʻrisidagi Shartnomani (Seul, 2012-yil 20-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxiatosh shahri va Xoʻjayli tumani hududlarini birlashtirish hamda Taxiatosh shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisida.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2012-yildagi faoliyati toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2012-yildagi faoliyati toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2012-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
12. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining holati va uni yanada kuchaytirish choralari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
13. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2012-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
14. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yilda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatidagi qonuniylikning holati toʻgʻrisidagi axboroti haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi
16. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
17. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2013-yil 28-mart,
SQ-363-II-son
