“Iqtisodiy jinoyatlarga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (2155-III-son)
29.11.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi ikkinchi oʻqishda qabul qilingan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2018-yil 12-noyabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 170-moddasiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-434-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2018-yil 12-noyabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-435-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Iqtisodiy jinoyatlarga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish uchun Qonunchilik palatasi Kengashiga taqdim etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-noyabr,
2155-III-son
