“Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida (43-II-son)
07.05.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 25-noyabrda qabul qilingan “Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 7-may,
43-II-son
