Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A. Shadmanovga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Qashqadaryo viloyatida homilador ayollarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordamning holati va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan choralar koʻrish toʻgʻrisida”gi parlament soʻrovini yuborish haqida (1956-III-son)
30.08.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasi, shuningdek “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasining taklifi qabul qilinsin va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.Shadmanovga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Qashqadaryo viloyatida homilador ayollarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordamning holati va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan choralar koʻrish toʻgʻrisida”gi parlament soʻrovi yuborilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-avgust,
1956-III-son
