Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oʻn beshinchi yalpi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (SQ-434-II-son)
28.08.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oʻn beshinchi yalpi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
2. “Tijorat siri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
3. “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
4. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining holati va uni yanada kuchaytirish choralari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2013-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
7. Toshkent shahar Hamza tumanining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi
9. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisini saylash toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
10. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisining oʻrinbosarini saylash toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisini saylash toʻgʻrisida.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
12. Oʻzbekiston Respublikasining Malayziyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
13. Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
14. Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
15. Oʻzbekiston Respublikasining Malayziyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisini tayinlash toʻgʻrisida.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2014-yil 28-avgust,
SQ-434-II-son
