“Butunjahon intellektual mulk tashkilotining mualliflik huquqi boʻyicha shartnomasiga (Jeneva, 1996-yil 20-dekabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi QL-439a-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (2148/1-III-son)
26.11.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil 26-noyabrda kiritilgan “Butunjahon intellektual mulk tashkilotining mualliflik huquqi boʻyicha shartnomasiga (Jeneva, 1996-yil 20-dekabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi QL-439a-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi masʼul etib belgilansin.
2. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasiga, siyosiy partiyalar fraksiyalariga hamda Oʻzbekiston ekologik harakati deputatlar guruhiga topshirsin.
3. Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda Oʻzbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda Qonunchilik palatasi Kengashiga mazkur qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari S. OTAMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-noyabr,
2148/1-III-son
